

34 yoshli darvozabon yanvar oyidan buyon ijara asosida "Jirona" safida o'ynamoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Ayaks" "Elche"da ijara asosida o'ynayotgan “ko'k-anorranglilar”ning yana bir darvozaboni Inyaki Penyaga ham e'tibor qaratmoqda. Qayd etilishicha, "Barselona" Shtegen va Penyaga ishonch bildirmayapti.
Yanvar oyidan boshlab ter Shtegen tizza osti payining jarohatidan keyin tiklanmoqda. Nemis futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 4 million evroga baholamoqda.
Penyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermakt portali 27 yoshli ispaniyalikning narxini 5 million evroga baholamoqda.



