Superliga. "Xorazm" "Qo'qon-1912" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, Tavareshdan dubl!

Sherzod Nurmatov
27 noya 2026, 18:55
Superliga 29-turidan joy olgan bahs poyoniga etdi.

Superliga

29-tur

"Qo'qon-1912" - "Xorazm" 0:2

Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 17:00

Gol: Rafael Tavaresh 60’, Rafael Tavaresh (Maksim Shiryaev) 80’

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Oybek Boboev, Atham Sunnatov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Shohruh Said

“Qo'qon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov (19.Shahzod Akramov, 75), 5.Jasurbek Yoqubov, 8.Shota Gvazava (7.Javohir Sidiqov, 68), 9.Javohir Husanov (22.Toma Tabatadze, 75), 11.Silvanus Nimeli, 17.Farhodjon Sohibjonov (10.Shohruh Gadoev, 68), 18.Muhriddin Pazildinov, 20.Iqboljon Malikjonov, 44.Andro Giorgadze, 90.Akbar O'ktamov (99.Muhammadanas Hasanov, 68).

Zaxira: 1.Rustam Nartajiev, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 70.Shohruh Mahmudhojiev, 71.Elbekjon Yo'lchiev.

"Xorazm": 77.Umid Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 6.Nurjahon Muzaffarov (8.Nodir Abduxoliqov, 90+2), 9.Sardor Azimov (94.Rustam Abduhamidov, 46), 10.Rafael Tavaresh (71.Umidbek Sultonov, 90+2), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov (12.Maksim Shiryaev, 75), 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 79.Azizjon Axrorov, 96.Rafael Sabino (23.Sarvar Bekchanov, 82).

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultanov, 7.Temur Ismailov, 88.Abror Xo'sinov.

Ogohlantirishlar: Sunnatulloh Hamidjonov (51), Asliddin Toshtemirov (65), Azizjon Axrorov (71), Toma Tabatadze (90+2).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Tabatadze etiroz uchun ogohlantirildi.

90+2. “Xorazm”da 2 ta o'zgarish: Tararesh o'rniga Sultonov, Muzaffarov o'rniga Abduxoliqov tushirildi.

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

88. Uuux! Gadoevning o'ng oyoqdagi zarbasiga sal aniqlik yetishmadi…

85. Mezbonlar yaxshi hujum tashkil etishayotgandi, biroq ofsayd qayd etildi.

82. “Xorazm”da almashtirish: Sabino o'rniga Bekchanov maydonga tushdi.

80. GOL! Shiryaevning pasidan keyin Tavaresh dublni rasmiylashtirdi - 0:2!

75. “Xorazm”da o'zgarish: Hamidjonov o'rniga Shiryaev o'yinga qo'shildi.

75. “Qo'qon-1912”da 2 ta almashtirish: Toshtemirov o'rniga Akramov, Husanov o'rniga Tabatadze maydonga tushdi.

73. Giorgadze darvozabon Ergashevga nisbatan qoidani buzdi.

71. Axrorov Malikjonovni ortdan turib yiqitgani uchun ogohlantirildi.

68. “Qo'qon-1912”da 3 ta o'zgarish: O'ktamov o'rniga Hasanov, Gvazava o'rniga Sidiqov, Sohibjonov o'rniga Gadoev tushirildi.

65. Toshtemirov Tavareshga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

60. GOL! Burchak zarbasidan oshirib berilgan tshhpni Gvazava qaytarishga urindi, biroq to'p Rafael Tavareshga kelib tushdi, braziliyalik futbolchi yaqin masofadan adashmadi - 0:1!

55. Har ikki jamoa durangga rozidek harakat qilishmoqda, ular pley-off uchrashuvlarida qatnashishi ehtimoli yuqori.

52. Zarbaa! Husanovning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasini Ergashev qaytarishga erishdi.

51. HamidjonovSohibjonovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.

49. Toshtemirov jarima maydonchasi ichidagi to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborib, xavfni bartaraf etdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. “Xorazm”da o'zgarish: Azimov o'rniga Abduhamidov bahsni davom ettiradi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Toshtemirov qanotda katta tezlikda oldinga o'tayotgan Azimovni yiqitdi.

37. Malikjonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pidan so'ng qo'qonliklar burchak zarbasi ishlashdi, ammo undan ham samara chiqmadi.

33. Toshtemirovning Gvazava tomon uzun pasidan so'ng to'p maydonni tark etdi.

31. Pazildinov Azimovga nisbatan sal qo'pol harakat qildi, uning oyog'i sirpanib ketgandek ham tuyuldi.

28. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika mehmonlar foydasiga: 28% – 72%

26. Malikjonov Azimovga nisbatan qoidani buzdi.

23. Uuux! Sohibjonovning pasidan so'ng Nimeli to'pni Husanovga uzatmoqchi bo'ldi, biroq Otaxonov o'z vaqtida yetib kelib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. Hamidjonov Sohibjonovga nisbatan qo'pol o'ynadi va jarima zarbasi belgilandi.

14. Rom Nimelining bosimi tufayli to'pdan imkon qadar tezroq qutulishga harakat qildi.

12. Stadion suxandoni o'zbek futboli afsonasi Sergey Lebedev xotirasini yod etib o'tdi.

10. Uuux! Javohir Husanovning aylanma zarbasini Umid Ergashev bartaraf etdi!

8. Hamidjonov to'pni olib qo'yish ilinjida Sohibjonovni yiqitishga majbur bo'ldi.

3. Zarba! Axrorovning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia