

32 yoshli urugvaylik joriy mavsum La Ligada beshinchi golini urishga erishdi. Bundan tashqari, Suares "Barselona" safida 184-golini urdi va Jozep Samiterga yetib oldi. Bu klubning to'purarlari tarixida to'rtinchi natija hisoblanadi. Bu borada Suaresdan Ladislao Kubala (194), Sesar Rodriges (232) va Lionel Messi (605) ko'proq gol urishgan.



