Sterling: "Liverpul" - yosh futbolchilar uchun ideal joy"

Aziz Tukhtamuradov
26 fev 2015, 21:33
"Liverpul" futbolchisi Raxim Sterling klub bilan yangi shartnoma muzokaralari qanday ketayotgani haqida gapirib o'tdi.
"Men har kuni agentim bilan gaplashaman. U esa menga bor e'tiborimni futbol o'ynashga qaratishim zarurligini aytdi.

Demak, bor e'tiborimni "Liverpul"dagi o'yinlarimga qarataman. Yaqin orada esa jamoa bilan shartnoma uzaytiriladi.

"Liverpul" ayni paytda yosh futbolchilar uchun ajoyib joy. Bu yerda barchaga imkoniyat beriladi", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru