

Angliya terma jamoasi a'zosi Rahim Sterling Millatlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan Belgiyaga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Qayd etilishicha, Sterling jarohat olgan. Biroq futbolchining jarohati, uning darajasi va qachon safga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumot berilmagan.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli Sterling milliy terma jamoa safida 2012 yil noyabrida debyut qilgan. O'shandan beri Rahim jamoa safida 58 ta o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi.



