Sterling belidagi muammolarga qaramay "Arsenal"ga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 mar 2017, 17:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling "Arsenal"ga qarshi APLning 30-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Raxim Sterling Litvaga qarshi (2:0) bahsning 60-daqiqasida ehtiyotkorlik tufayli maydonni tark etgan edi. Uchrashuvdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt futbolchining belida muammo borligini aytdi. Shikastlanishga qaramay, Sterling yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsgacha oyoqqa turishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News