Srechko Katanets: "Hindiston bilan bahsda 90 daqiqa davomida sabrli futbol namoyish etishimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2024, 13:40
Ayni paytda Hindiston - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

"Ertaga boshqacha o'yin ko'rsatishga urinamiz. Hindiston agressiv futbol namoyish etadi. Kecha Saudiya Arabistoni futbolchisi hujumda individual tarzda uch futbolchni aldab o'tib gol urdi. Ertaga biz ham shunday zich himoyaga qarshi o'ynaymiz va individual harakatlar asosiy planga chiqadi. Bundan tashqari standart vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Hindiston bilan bahsda 90 daqiqa davomida natija uchun sabrli futbol namoyish etishimiz kerak", - dedi Srechko Katanets o'yinoldi matbuot anjumanida. 


O'yinoldi matbuot anjumani to'liq holda tez orada saytimizda chop etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia