Sochidagi musobaqada O'zbekiston nogironlar termasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2019, 13:56
5-15 oktyabr kunlari Sochi shahrida Rossiya nogironlar Ittifoqi sovrini uchun amputant futbolchilar ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Unda 6 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan O'zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 

Mazkur turnirda o'tkazilgan 5 ta uchrashuvda ham vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Jumladan, termamiz a'zolari “Laman-Az” (Gorkiy, 9:1), “Dinamo-Altay” (Barnaul, 9:2), “Mahachqala” (Mahachqala, 8:2), “Kuzbass” (Kemerovo, 7:2) hamda “Apsni” (Suxumi, 9:5) jamoalarini dog'da qoldirdi. Takidlash joizki, musobaqa tashkilotchilari tajribali futbolchi Abdujamil Shukurovni ham turnirning “eng yaxshi futbolchisi” hamda “eng yaxshi hujumchi” si deb topishdi. Umid Sirojiddinov esa “eng yaxshi himoyachi” sovriniga ega bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia