"Siti" afsonasi jamoadan ketayotganini e'lon qildi!

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025, 16:17
"Manchester Siti" sardori va yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne mavsum oxirida jamoadan ketadi.

U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida klub muxlislari bilan xayrlashdi.

"Har qanday hikoya bir kun tugaydi, ammo bu, shubhasiz, eng ajoyib bob bo'ldi", – deyiladi murojaatda.

Belgiyalik futbolchi Manchester jamoasida 10 yil to'p tepdi.

Avvalroq "shaharliklar" "Barselona" vakili Pedrini Kevinga o'rinbosar deb hisoblayotgani aniq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/kevindebruyne