Sheshko MYUga o'tishni xohlayapti, ammo "Nyukasl" variantiga ham qarshi emas

Aslanov Jasurbek
4 avg 2025, 22:15
Benyamin Sheshko "Manchester Yunayted"da o'ynashni xohlayapti.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, "Leyptsig" hujumchisi "Nyukasl" variantiga qarshi emas, lekin Manchester klubi unga jozibadorroq ko'rinmoqda.

MYU yaqin vaqt ichida rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.

"Nyukasl" Sheshko uchun Bundesliga klubiga dam olish kuni 69,8 million funt (80 million evro) taklif qilib, kelishuv shartlarini muhokama qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports