Sherzod Nasrullaev: "Maydonning holati yaxshi emasligi bugungi o'yinga ta’sir qildi"

Абдулвосит Бектемиров
6 sen 2024, 00:05
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sherzod Nasrullaev KXDRga (1:0) qarshi uchrashuvdan so'ng OAV vakillariga intervyu berdi.

"Qiyin uchrashuv bo'ldi, ammo biz bugun o'z maqsadimizga erisha oldik. Raqib ham bugungi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Maydonning holati yaxshi emas edi, ushbu jihat ham o'z so'zini aytdi. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. Har bir uchrashuvda maksimal natijaga erishishni istaymiz" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz himoyachisi Sherzod Nasrullaev.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia