

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi PSJ hujumchisi Lionel Messiga katta moliyaviy taklif bilan chiqdi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchiga yiliga 90 million evrodan ortiq maosh taklif etilgan. Futbolchining parijliklar bilan bitimi mavsum oxirigacha mo'ljallangan, shuning uchun saudiyaliklar uni erkin agent sifatida qo'lga kiritishga umid qilishmoqda.
Avvalroq Messi PSJda maoshi kamayishiga rozi bo'lmagan edi.



