

Lionel Messi va PSJ yangi shartnoma bo'yicha kelisha olishmadi.
Le Parisien ma'lumotiga ko'ra, Messi "Bavariya"ga qarshi davob uchrashuviga qadar qaror qabul qilmaydi. Qayd etilishicha, PSJ YCHLni tark etadigan bo'lsa, Messi klubni tark etish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Muzokaralar Lionel Messining maoshi sabab to'xtab qoldi. 35 yoshli hujumchi PSJ bilan yangi shartnomada uning maoshi kamayishiga rozi emas.
Ma'lumot uchun, Messi Fransiya chempionati doirasidagi 19 o'yinda 11 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.



