Saliba "Arsenal"ning PSJdan uchralgan mag'lubiyatiga baho berdi

Sherzod Nurmatov
1 may 2025, 14:29
Londonning "Arsenal" jamoasi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba PSJga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o'yini natijasini sarhisob qildi.

Ushbu bahsda angliyaliklar francuz klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Birinchi 20 daqiqada ko'p kurashdik. Ular bizni ozgina eb qo'yishdi. Biz ko'p yugurdik va to'p ortidan quvib yurdik.

Bu hali yakun emas. Biz u yerda g'alaba qozonamiz degan umiddamiz. Biz buni ijobiy qabul qilishimiz lozim, taslim bo'la olmaymiz. Bu – Chempionlar Ligasi. Ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin. Biz o'z xarakterimizni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi", – dedi Saliba.

Eslatib o'tamiz, yarim final doirasidagi javob bellashuvi 7 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News