

Bu misrlik futbolchining joriy mavsum Premer-ligadagi 20-goli bo'ldi. To'purarlar poygasida yetakchilik qilayotgan Xarri Keynda bitta gol ko'proq.
Salah Mersisayd klubi tarixida APLdagi 3 mavsumda 20tada ortiq gol urgan ilk o'yinchiga aylandi. 28 yoshli futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda 32ta gol, 2018/19 yilgi mavsumda esa 22ta gol urgan (2019/20 yilgi mavsum - 19).




