Rummenigge: “Saneni hozir arzonroq narxda sotib olish mumkin”
10 apr 2020, 23:24
“Bavariya” boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge “Manchester Siti” vingeri Leroy Sanening transferi haqida gapirdi.
“Sane futbolchi jarohat olmasidan ilgari biz uni 100-120 million evroga sotib olishmiz mumkin edi. Ammo hozir bu transfer ancha arzonroq summaga amalga oshishi mumkin. Sanening transferi taxminan 30-50 million evroni tashkil etadi”, dedi Rummenigge.