Rojers Suaresni qanot hujumchisi sifatida sinab ko'rmoqchi

4 sen 2013, 10:31
“Liverpul” klubining markaziy hujumchisi Luis Suares 10 o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng ampluasini o'zgartirishi mumkin.

Klub bosh murabbiyi Brendan Rodjers 26-yoshli Urugvay terma jamoasi futbolchisini qanot hujumchisi sifatida sinab ko'rib, uning o'rniga markazda Deniel Starrijni qo'ymoqchi, deb xabar beradi The Guardian.

Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino Suaresning ortidan joy egallaydi.

Eslatib o'tamiz, Suares “Chelsi” himoyachisi Branislav Ivanovichni qo'lidan tishlab olgani uchun diskvalifikaciya qilingan edi. Hujumchi 25 sentyabrdan Angliya liga Kubogi 3-tur doirasida safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.


Manba: sports.ru