Rossiya terma jamoasi futbolchilari JCH-2018 vaqtida ammiak hidlashgan - bu dopingning bir turi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018, 18:14
Germaniyaning Bild nashri ma'lum qilishicha, Rossiya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionati-2018 vaqtida o'z jismoniy holatini yaxshilash uchun dopingdan foydalangan.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko'ra, rossiyalik futbolchilar Xorvatiyaga qarshi JCH-2018 1/4 final uchrashuvida tribuna osti yo'lakchasida jismoniy holatini kuchaytirish uchun ammiak hidlashgan. Ammiak taqiqlangan vositalar safiga kirmaydi, ammo mutaxassisning fikricha, ammiak ham doping kabi ish beradi.

Bild isbot sifatida "Tvitter"da Rossiya terma jamoasi himoyachisi Ilya Kutepovning suratini namoyish etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild