Rossiya kubogi. Denisov “Lokomotiv” bilan kubokda g'olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2017, 23:02
Sochidagi “Fisht” stadioni o'tgan Rossiya kubogi finalida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi “Ural” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov mazkur uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

Uchrashuvning so'nggi o'n besh daqiqasida temiryo'lchilar Denisov va Miranchukning gollaridan keyin amalda kubok sohibiga aylanishdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Loko” keyingi mavsumni Yevropa ligasining guruh bahslarida boshlashi oydinlashdi.

Rossiya kubogi

Final

Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 76 Igor Denisov, 0:2 – 90 Miranchuk.

Ural – Zabolotnyy, Dancev, Novikov, Balajic, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Emelyanov, Lungu, Pavlyuchenko, Ilin.

Lokomotiv – Gilerme, VITALIY DENISOV, Peychinovich, Kverkveliya, Igor Denisov, Tarasov, Fernandesh, Ignatev, Maykon, Miranchuk, Ari.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia