Ronaldu yosh futbolchiga: "Messi - yomon o'yinchi"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 11:44
"Deportivo"ga qarshi LaLiganing 20-tur uchrashuvi oldidan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va u bilan maydonga chiqishi kerak bo'lgan bolakay o'rtasida qiziq suhbat bo'ldi.

Bolakay Ronalduga shunday dedi: "Siz men uchun eng zo'risiz, Messi esa ..." Ronaldu bolakayning so'zlarini o'zi yakunlab qo'ydi va hazilomuz tarzda quyidagi gapni aytdi: "Messi esa - yomon futbolchi".

Maydonga chiqishi kerak bo'lgan yana bir bolakay Messini dunyoning eng kuchsiz futbolchisi deb atadi.

"Deportivo"ga qarshi bahs "qaymoqranglilar"ning 7:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca