Ronaldu 2010 yildan beri ilk marta YCHL yarim finalida ishtirok eta olmaydi

17 apr 2019, 07:58
“Ayaks” kecha YCHL 1/4 finalining javob o'yinida “Yuventus”ni Turinda 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Natijada amstyerdamliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra, 3:2 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa yarim finaliga chiqdi. Qayd etish joiz, turinliklar safida to'p tepayotgan Krishtianu Ronaldu 9 yil ichida ilk bor YCHL yarim finaliga chiqa olmadi. U so'nggi bor “Real” safida 2009/10 yilgi mavsum 1/8 finalda “Lion”ga yutqazib, yarim final tugul, 1/4 finalga ham chiqa olmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: MisterChip