Ronaldo 14 yanvarda futbolchilik faoliyatini qaytadan boshlashi haqida e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 09:48
Keyingi haftada braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo faoliyatini qaytadan boshlashi haqida ma'lum qilmoqchi.

Bu haqda "Fort-Loderdeyl Straykers" klubi rasmiy sayti xabar qildi. Ronaldo bu klubning bir qancha akciyalari sohibi hisoblanadi. Bu boradagi matbuot-anjumani 14 yanvarga belgilangan.

"Fort-Loderdeyl" Shimoliy Amerika futbol ligasining (NASL) ikkinchi divizionida ishtirok etadi. Bu klubdagi mashhur futbolchilardan biri "Zenit"ning sobiq darvozaboni Kamil Chontofalski.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: сhampionat.com