"Roma" Salahning o'rniga boshqa futbolchi topdi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017, 09:38
"Stok Siti" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri "Roma"ga o'tishi mumkin.

Yaqin orada Muhammad Salah "Liverpul"ga ko'chib o'tishi kutilmoqda. "Roma" misrlik futbolchi uchun 45 mln evro oladi.

"Bo'rilar" uning o'rniga "Stok Siti" vakili Jyerdan Shakirini sotib olishmoqchi.

Shakiri "Inter" safida 6 oy A Seriyada o'ynashga ulgurgan.

Bu mavsumda Shakiri 21ta o'yinda 4ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport