"Roma" Mxitaryanning o'rniga Gyotce bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
4 iyun 2022, 12:11
"Roma" PSV yarim himoyachisi Mario Gyotce bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Rimliklar rahbariyati 30 yoshli nemisni yaqin vaqtlarda "Inter"ga erkin agent maqomida o'tishi mumkin bo'lgan xavbek Genrix Mxitaryanga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Gyotcening PSV bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato.com