

“Agar Xans Flik meni terma jamoaga olishga qaror qilsa, rozi bo'laman. Bu katta turnir va uning ajoyib o'tishiga aminman”, - dedi Mario.
Eslatib o'tamiz, Gyotce jahon chempioni hisoblanadi. Mario 2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan mundialning Argentinaga qarshi final uchrashuvida (1:0) g'alaba to'pini kiritgan edi.
2022 yilgi jahon chempionatida 30 yoshli futbolchi 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 34 daqiqani maydonda o'tkazdi. Biroq Germaniya turnirdagi ishtirokini guruh bosqichida yakunladi.



