Gyotce Bundesligaga qaytmoqda

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2022, 07:50
PSV futbolchisi Mario Gyotce “Ayntraxt” bilan kelishib oldi.

Mario 2020 yildan beri Niderlandiya klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi va jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Tovon puli esa 4 mln evroni tashkil etadi va “Ayntraxt” ushbu summani to'liq qoplamoqchi.

30 yoshli o'yinchi bunga qadar Germaniyada “Borussiya D” va “Bavariya”da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SPORT1