Roberto Soldado: Maqsadim Tottenxemning asosiy hujumchisiga aylanish

Tolibjon Qosimov
6 avg 2013, 14:39
Tottenxem hujumchisi Roberto Soldado o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini aytib o'tdi.
Tottenxem – ajoyib klub, u Chempionlar ligasida o'ynashga loyiq. Angliya premer ligasi juda qiyin musobaqa, shu bois kuchli to'rtlikka kirish uchun juda yaxshi o'yin ko'rsatish kerak.

Men hujumchiman, bu erga gollar urish uchun keldim. Har mavsum oldidan o'z oldimga o'tgan mavsumdagidan ko'proq gol urish maqsadini qo'yaman.

Andre Villash-Boashning uslubi ko'pchilikka yoqadi.

Meni bosh maqsadim Tottenxemning asosiy tarkibiga kirish, klub Chempionlar ligasiga loyiq va shu erga chiqish uchun qo'limdan kelganini qilaman, – deydi Soldado.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru