"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Braziliya jamoasini mag'lub etdi

Iskandarov Abdulaziz
16 fev 2025, 15:34
2025 yilgi Osiyo Kubogi final qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi "Rivojlanish kubogi" turniridagi ishtirokini boshladi.

Vakillarimiz bugun ilk uchrashuvini Braziliyaning "Blockchain Sports" akademiyasiga qarshi o'tkazdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda Islom Ismoilov shogirdlari raqibini 3:1 hisobida taslim qildi. Gollarga Jamshid Rustamov, Abdulloh Fazliddinov, Sayfiddin Sodiqovlar mualliflik qilishdi. Hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvlarda Belarus va Ozarbayjonga qarshi maydonga chiqishadi. 

"Rivojlanish kubogi"

"Blockchain Sports" - O'zbekiston U-17 1:3

Gollar: Gustavo dos Santos - Jamshid Rustamov, Abdulloh Fazliddinov, Sayfiddin Sodiqov

O'zbekiston U-17: 1. Ibrohim Shokirov, 2. Xojiakbar Botiraliev, 3. Xojiakbar Yusufboev, 8. Akbar Muhammadov, 10. Muhammad Habibullaev, 13. Abdulloh Fazliddinov, 14. Behruz Saidmurodov, 16. Asadbek Ramilov, 17. Jamshidbek Rustamov, 20. Asilbek Aliev, 22. Sardorbek Fayzullaev


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати