"Real"ning asosiy futbolchilaridan biri MLS haqida o'ylab qoldi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2018, 17:48
"ReaL" yarim himoyachisi Luka Modrich kelajagi haqidagi fikrlarini aytib berdi.

"Kelajakda nima bo'lishini hech qachon bilmaysan. "Real" bilan ikki yillik shartnomam qoldi. Bu yerda baxtliman va agar imkoniyat bo'lsa faoliyatimni "Real"da tugatish haqida aytganman. Biroq bunday bo'lmasa, o'z kuchimni MLSda sinab ko'rishga tayyorman" - deydi Modrich.

Joriy mavsum 32 yoshli xorvat LaLiganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN US