"Real" yarim himoyachisi "Bayer" bilan shartnoma imzolash uchun Germaniyaga uchib ketdi

20 iyun 2019, 21:10
Madridliklar a'zosi Martin Edegor Bundesliga klubiga o'tishga yaqin turibdi.

20 yoshli futbolchi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Shu maqsadda Edegor otasi bilan Dyusselorfga uchib ketdi. Avvalroq, unga "Milan" klubi qiziqayotgani haqida ma'lumot bergandik. 

"Milan" Ispaniya grandining 3 futbolchisiga qiziqmoqda 



O'tgan mavsum norvegiyalik yarim himoyachi Gollandiyaning "Vittes" klubida ijarada o'ynadi - 35 o'yin, 9 gol, 13 assist.

O'xshash yangiliklar


Manba: ad.nl