"Milan" Ispaniya grandining 3 futbolchisiga qiziqmoqda

20 iyun 2019, 20:29
"Milan" klubi transferlar oynasida jiddiy ish olib bormoqda.

Bugun "rossonerilar" delegaciyasi Madrid shahrida bo'lishdi. U yerda "Real" rahbarlaridan biri Xose Anxel Sanches bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv maqsadi madridliklar safida sotuvga qo'yiladigan o'yinchilar bor-yo'qligini muhokama qilish edi. 

AS nashrning xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" yarim himoyachilari Dani Sebalos va Martin Edegor hamda forvard Mariano Dias "Milan"ning qiziqishlari doirasiga tushgan. 

Avvalroq, Sebalos bilan dastlabki muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lumot berilgandi.  


O'xshash yangiliklar


Manba: as.com