"Real" so'nggi 13 finaldan 12 tasida g'alaba qozondi

Omonjon To`xtamirzayev
17 yanv 2022, 11:47
"Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Atletik Bilbao"ni 2:0 hisobida taslim etdi va bosh sovringa ega chiqdi.

Shu tariqa, Madrid klubi barcha musobaqalardagi 13-finalida 12-g'alabasini rasmiylashtirdi. Ularning 3 tasi aynan mamlakat Superkubogida qayd etilgan.

2017 yil "Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Barselona"ni, 2020 yilda esa penaltilar seriyasida hamshaharlari "Atletiko"ni tiz cho'ktirgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia