"Real" muxlislari Kasilyasni La-Liga bahslarida xam ko'rishni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2014, 09:54
Ispaniyaning AS gazetasi "Real"ning asosiy darvozaboni masalasida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
So'rov yakunlariga ko'ra "Qirollik klubi" muxlislari Diego Lopesdan ko'ra Iker Kasilyasni mamlakat chempionati doirasidagi o'yinlarda maydonda ko'rishni istar ekanlar. Bunday deb xisobaydigan muxlislar 85 % ni tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatidagi o'yinlarda Lopesni, Ispaniya kubogi va Chempionlar Ligasi musobaqalarida Kasilyasni maydonga tushirmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com