

Eslatib o'tamiz, "Albasete" 1/8 finalda madridliklarni musobaqadan chiqarib yuborgan (3:2), chorak finalda esa kataloniyaliklarga imkoniyatni boy bergan edi (1:2).
Morenoning fikricha, "Barsa"ni o'rganish osonroq:
"Real Madrid" yoki "Barselona"ga qarshi o'yinlar bir-biridan farq qiladimi? Ham ha, ham yo'q. Ikkala jamoada ham istalgan soniyada mo'jiza yarata oladigan yuqori saviyali ijrochilar bor.
Lekin menimcha, "Barselona"da "Real Madrid"ga qaraganda tartib ancha kuchli. Madridliklar maydonda ko'proq anarxiyaga (tartibsizlikka) tayanishadi. Ikkinchi tomondan, shu tartib "Barsa"ni oldindan taxmin qilish mumkin bo'lgan jamoaga aylantiradi. Biroq ularning paslari shunchalik aniqki, rejasini bilganingiz bilan foydasi yo'q", - dedi Moreno.
Ma'lumot uchun, Xavi Moreno joriy kubok bahslarida har ikki grand darvozasini ishg'ol qilib, Ispaniyada kun qahramoniga aylandi.



