"Real" "Barselona"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi

Mirjalol Normatov
29 fev 2020, 20:25
Ertaga tunda "Real" o'z maydonida "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi.

"Qirollik klubi" matbuot xizmati jamoaning ushbu o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Xames Rodriges hamda Luka Yovich kabi futbolchilar o'rin olmagan. Eden Azar uchun esa katta ehtimol bilan ushbu mavsum yakunlandi.

Darvozabonlar: Kurtua, Areolya, Fuidias.

Himoyachilar: Karvaxal, Militao, Ramos, Varan, Marselo, Mendi.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kazemiro, Valverde, Isko.

Hujumchilar: Benzema, Beyl, Vaskes, Mariano, Vinisius.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid