"Real"ning asosiy o'yinchilaridan biri tarkibga qaytdi, biri esa safdan chiqdi

Оқил Абдубарноев
29 iyul 2022, 20:01
"Real Madrid" mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Amerikada davom etayotgan yig'in davomida jamoa himoyachisi Dani Karvaxal safga qaytdi hamda "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Biroq yarim himoyachi Luka Modrich isitma sababli jamoa mashg'ulotlarida qatnashmagan. Qayd etilishicha, xorvatiyalik futbolchida koronavirus aniqlanmagan, shu bois, Modrich holati yaxshilanishi bilan tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca