Rasmiy xabar: "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi
Mirjalol Normatov
29 iyun 2018, 18:13
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati Maruan Fellayni bilan shartnoma 2020 yilga qadar uzaytirilganini rasman ma'lum qildi.
Fellayni 2013 yilda "Manchester Yunayted" tarkibiga kelib qo'shildi. O'shandan buyon belgiyalik futbolchi 156 uchrashuvda maydonga tushdi va 20 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Uning amaldagi shartnomasi ertaga yakuniga etardi.