Rasman: Ukrainalik futbolchi "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
20 iyun 2019, 16:42
"Manchester Siti" o'zining chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

"Manchester Siti" jamoa himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirdi.

Ukrainalik futbolchi Benjamin Mendi jarohat olgandan keyin tarkibda tusha boshladi, ammo Mendining sog'ayishi ham Zinchenko asosiy tarkibdan chiqara olmadi. Zinchenko 2016 yozda "shaharliklar" tarkibiga kelib qo'shilgan edi.

U Rossiyaning "Ufa" klubidan 2 million evro evaziga o'tgan. Zinchenko yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com