Rasman mavsum yakunida Liverpulni to'rt nafar futbolchi tark etadi

Alisher
18 may 2023, 08:49
Liverpul klubi mavsum yakunida 4 nafar futbolchi bilan xayrlashishini rasman ma'lum qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, joriy mavsum yakuniga etgach, klub yozda Roberto Firmino, Nabi Keyta, Jeyms Milner va Aleks Oksleyd-Chemberlen singari o'yinchilar bilan xayrlashadi. Bu o'yinchilar bilan yakuniga etayotgan amaldagi shartnomalar uzaytirilmagach, futbolchilar jamoani erkin agent sifatida tark etadi.


Avvalroq, Jeyms Milner Braytonga o'tishi bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan bo'lsa, Firminoga Inter asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com