

"Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan Xart o'tgan mavsumni "Torino"da ijarada o'tkazgandi. Bu mavsumda esa darvozabon "Vest Xem" safida ijarada o'ynaydi. London klubi Xartning ijarasi uchun 4,5 million funt to'ladi. Keyingi yozda "Vest Xem" uni 10 million evaziga to'liq sotib olish huquqiga ega.




