Jo Xart faoliyatini yakunladi

Alisher
26 may 2024
"Seltik" darvozaboni Jo Xart 37 yoshida faoliyatini yakunladi.

Futbolchining fevraldagi qarori o'zgarishsiz qoldi. Xart 2021 yildan beri "Seltik" tarkibida o'ynaydi. U bu vaqt davomida "keltlar" bilan 7ta sovrin yutdi.

Futbolchi "Manchester Siti"dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish va u Manchestyerda 6ta sovrin yutgan. Darvozabon shuningdek "Tottenxem", "Vest Xem", "Byornli", "Birmingem", "Torino", "Tranmer", "Shrusberi" va "Blekpul" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Xart Angliya terma jamoasi tarkibida 75ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: BBC Sport