Shmeyxel "Seltik"da faoliyatini yakunlagan Jo Xart o'rnini to'ldirdi

Оқил Абдубарноев
19 iyul 2024, 00:46
"Seltik" daniyalik darvozabon Kasper Shmeyxel bilan shartnoma imzoladi.

Shotlandiyaliklar o'tgan mavsumda "Anderlext"da o'ynagan Shmeyxelning transferini e'lon qilishdi. Daniya terma jamoasi darvozaboni bir yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, ushbu haftada "Seltik" Finlyandiya darvozaboni Vilyam Sinisaloni "Aston Villa"dan sotib olganini e'lon qildi.

Avvalroq Jo Xart faoliyatini tugatgandan so'ng Glazgo jamoasini tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: celticfc.com