Rasman: Filiposyan - AGMK futbolchisi

Alisher
16 iyul 2022, 10:36
"So'g'diyona" sobiq himoyachisi Artyom Filiposyan rasman AGMK o'yinchisiga aylandi.

"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi ikkinchi kelishuvga erishdi. Erkin agent maqomidagi tajribali markaziy himoyachi, O'zbekiston Superligasida Mashal, Nasaf, Bunyodkor, Lokomotiv, Buxoro va So'g'diyona jamoalarida to'p tepgan himoyachi - Artyom Filiposyan endilikda AGMK a'zosiga aylandi.

Artyom Filiposyan jamoamiz bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.


Futbolchi haqida ma'lumot: Artyom Filiposyan

Tug'ilgan sanasi: 1988 yil, 6 yanvar

Ampluasi: himoyachi

O'ynagan jamoalari: Mashal, Nasaf, Bunyodkor, Lokomotiv, Buxoro, So'g'diyona, Prachuap (Tayland), TR-Kabo (Indoneziya), Muangkan United (Tayland).


AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Artyom!", - deyiladi olmaliqliklar xabarida.


Eshitdik-da! Artyom Filiposyan AGMKda 

“Qizilqum” bilan o'yinda almashtirilishim “So'g'diyona”dan ketishimga sabab bo'lgani yo'q yoxud Filiposyan bilan suhbat 



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати