Ramos Primeroda 20 ta qizil kartochka olgan birinchi futbolchi

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2019, 19:32
"Real" futbolchisi Serxio Ramos "Jirona"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatildi.

Madridliklar sardori 64-daqiqada ogohlantirilgandi. 90-daqiqada esa u ikkinchi sariq kartochkani oldi.

Bu Ramos uchun Ispaniya chempionatidagi 20-qizil kartochka bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, Primero tarixida hali xech bir futbolchi 20 ta "qizil" olmagan.

Umumiy hisobda Ramos "Real" safida 25 ta qizil kartochka olgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Squawka