Rafael Benites: “Men jamoam qanday mashg'ulot olib borganligini bilaman”

Narzulla Saydullayev
26 avg 2013, 09:44
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites, klubning Italiya chempionati doirasida “Bolonya”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi (3:0).

“Jamoamning o'yinidan hayratlandimmi? Yo'q. Men jamoamning o'yindan oldin qanday mashg'ulot olib borganligini ko'rdim va shu sabab biz kutilgan maqsadga erishdik.

Bizning jamoa mohirona harakatlandi. Biz hujumda Pandev, Gamshik, Iguain, Kalexon va Insinyalar bilan turli xil taktikalar tuza olamiz. Bizda jamoani qayta tuzish va joylashtirishda katta imkoniyat mavjud.

Biz o'yinimizdan mamnunmiz. Chempionatni endigini boshlagan bo'lsakda, bizda omadli start bo'ldi– bu eng asosiysi. Bu esa kelasi o'yinlarda ham yaxshi  natijalar ko'rsatishimizdan darak beradi”, - deydi mutaxassis.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru