Quvaytda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2021 yilga qoldirildi

Alisher
15 okt 2020, 14:55
Koronavirus tufayli yana bir musobaqa keyingi yilga ko'chirildi.

Joriy yilning noyabr oyida Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tishi kerak edi. Musobaqada JCH yo'llanmasi ham taqdim etiladi va qitaning 5 termasi mundial uchun yo'llanmaga ega bo'ladi.

Ammo, koronavirus pandemiyasi sababli Quvaytda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan musobaqa 2021 yilga qoldirildi. Osiyo chempionatining qaysi sanalarda bo'lib o'tishini OFK keyinroq ma'lum qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia