Navbat futzal terma jamoamizga. Asosiy futzalchimiz Osiyo chempionatini jarohat tufayli o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2024, 19:24
17-28 aprel kunlari Tailandda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi asosiy o'yinchilaridan biri Davron Choriev jarohati tufayli musobaqani o'tkazib yuboradi.

Bu haqda futzalchi bugun Belarus bilan o'rtoqlik o'yinidan keyin championat.asia saytiga ma'lum qildi. Choriev O'zbekistonda o'tadigan Jahon chempionatigacha safga qaytishga va mundialda qatnashishga umid qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia