“Qo'qon-1912” jamoasi bir nechta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi, championat.asia esa klubning axborot hamkori

Alisher
9 mar 2021, 12:05
Yangi futbol mavsumida o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan “Qo'qon-1912” jamoasi marketing borasida ko'zga ko'rinarli ishlarni amalga oshirdi.

Jamoa bir qator korxonalar va tashkilotlar bilan marketing borasida kelishuvga erishdi. Jamoa  bu mavsum o'z texnik hamkoriga ega bo'ldi. Toshkent viloyatida joylashgan “BAZIS” kompaniyasi jamoamizning texnik hamkoriga aylandi.  Yangi uy-joylarni qurishga ixtisoslashgan bu kompaniyaning logotipi jamoamizning liboslaridan o'rin oldi.

Shuningdek  “FUTURE GROWTH”  , “7 MEDIA”, “DRIVERS VILLAGE”, “ASIA LUXE”, “UZMILL LTD”, “ISHONCH” do'konlar tarmog'i hamda “YAPROQ” brendi jamoamizning bu mavsumdagi tijorat hamkorlari hisoblanishadi. Barcha futbol muxlislarining sevimli sayti bo'lgan “CHAMPIONAT.ASIA” portali jamoamizning yangi mavsumdagi axborot hamkoriga aylandi. Yuqorida nomlari keltirilgan  kompaniyalarning  reklamalari stadionimizda joylashgan barcha reklama tablolaridan hamda matubot anjumanlari , flesh-intervyular uchun tayyorlangan reklama bannerlaridan va  uchrashuvlarga chiqarilgan chiptalardan o'rin oladi. Shu bilan birgalikda “Qo'qon-1912” jamoasi hali titul xomiysiga ega bo'lmaganligini ham ma'lum qilamiz. Titul xomiyning logotiplari jamoamiz liboslarining oldi qismidan joy oladi.

Bizning eshiklarimiz  barcha tadbirkorlar uchun ochiq.  O'z mahsulotlarini jamoamiz bilan hamkorlikda reklama qilishni hohlovchi tadbirkorlarni jamoamizning marketing bo'limiga murojaat qilishga chorlab qolamiz.

Bizning aloqa telefonlarimiz  +99891 691 37 82, + 99890 351 02 20


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia