SPORT TV Osiyo o'yinlarini to'liq namoyish etish huquqini sotib oldi. Qatar - O'zbekiston jonli namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2018, 16:26
Osiyo o'yinlarining 2-turidan o'rin olgan Qatar - O'zbekiston uchrashuvi boshlanmoqda.

SPORT TV rahbariyati Indoneziyada olib borgan muzokara natijasida Osiyo o'yinlari translyatsiya huquqi qo'lga kiritildi.

Natijada, Osiyo o'yinlari SPORT TVda to'liq translyaqiya qilinadi. Xususan, bir ozdan so'ng boshlanadigan Qatar – O'zbekiston o'rtasidagi bahs SPORT TVda to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar translyatsiya bilan bog'liq kelishuvga erishilmagani tufayli birinchi turda O'zbekiston – Bangladesh (3:0) o'yini ko'rsatilmagan edi. Qatar – O'zbekiston o'yini Toshkent vaqti bilan 17.00da boshlanadi va uchrashuvni taniqli sharhlovchi Eldor Mustafoev sharhlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/uzsport_tv