PSJning ikki futbolchisi YCHL doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2023, 18:53
PSJning qaysi futbolchilari Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi.

Himoyachi Nordi Mukiele va yarim himoyachi Renatu Sanshesh bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi, ular ertangi uchrashuvda maydonga tushishmaydi.

Qolgan barcha futbolchilar, jumladan, Kilian Mbappe ham umumiy guruhda shug'ullanadi.

PSJ – "Bavariya" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/hadrien_grenier